Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyevda portlash xavfi ostida odamlar evakuatsiya qilindi

Kiyevda portlash xavfi ostida odamlar evakuatsiya qilindi

Foto: «RIA Novosti»

Kiyev politsiyasiga noma’lum shaxslar tomonidan ikkita joy minalashtirilgani haqida xabar kelib tushdi.

Avvaliga savdo markazida mina borligi aytilgan, oradan bir soat o‘tgach esa shahar markazidagi maydan Nezalejnosti (Mustaqillik maydoni) xavf ostida ekani xabar qilingan. Mutaxassislar darhol aytilgan joylarga yetib kelishgan va savdo markazi hamda maydondan 1500 kishi evakuatsiya qilindi.

Ayni vaqtda savdo markazi, maydon va yon-atrofdagi joylar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Ukrainada prezidentlik saylovining ikkinchi turiga tayyorgarlik davom etmoqda. Unda amaldagi prezident Petr Poroshenko va aktyor Vladimir Zelenskiy kurash olib boradi.

6 aprel kuni Kiyev — Pereyaslav-Xmelniykiy yo‘lida avtomobil portlagani va bir kishi halok bo‘lgani aytilgan edi. Xabar qilinishicha, mashina soatiga 150 kilometr soat tezlik bilan ketayotgan bo‘lgan va uning ichidagi portlovchi modda ishlab ketgan.

Haydovchi darhol halok bo‘lgan, avtomobil esa harakatda davom etib, daraxtga borib urilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring