Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyev va Vashington yangi uchrashuv ustida ishlamoqda – Zelenskiy

Kiyev va Vashington yangi uchrashuv ustida ishlamoqda – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chorshanba kuni AQSh va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda «ijobiy o‘zgarish» borligini va ikkala tomon ham bo‘lajak uchrashuv ustida ish boshlaganini aytdi.

Zelenskiy videomurojaatidan so‘ng X ijtimoiy tarmog‘ida uning shtab boshlig‘i Andrey Yermak AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Vals bilan telefonda gaplashgani va natijalar kelasi haftada e’lon qilinishi mumkinligini yozdi.

Yermak telefon suhbatini alohida postda tasdiqladi. U «Vals bilan adolatli va mustahkam tinchlik sari keyingi qadamlarni muhokama qilgani»ni yozar ekan, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda «pozitsiyalarni moslashtirish» haqida ham fikr almashganini qo‘shimcha qildi.

Zelenskiy Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YeI sammiti oldidan «ko‘p xalqaro ishlar» amalga oshirilganini ham ta’kidladi. U Gollandiya, Portugaliya, Sloveniya va Germaniya rahbarlari bilan suhbatlashgan va ularga yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Bu AQSh Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni, ya’ni mamlakatga rus qo‘shinlariga qarshi kurashda yordam beradigan muhim ma’lumotlar oqimini to‘xtatganidan keyin sodir bo‘ldi.

«Biz orqaga qadam tashladik, pauza qildik va bu munosabatlarning barcha jihatlarini ko‘rib chiqyapmiz», – degan edi AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Vals chorshanba kungi chiqishida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring