«Kichik demografik portlash» raqamlarda: qizlar ko‘p tug‘ilayotgan O‘zbekiston, to‘ylarga boy Samarqand va boshqa ma’lumotlar
Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi «Xabar.uz»ga FHDYo sohasi bo‘yicha statistik hisobotlar asosida tuzilgan qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Unda O‘zbekistonda 2019-yilning birinchi choragiga doir muhim demografik ko‘rsatkichlar aks etgan.
Tug‘ilish
O‘zbekistonda 2019-yilning birinchi choragida 172 191 nafar tug‘ilish qayd etilgan, bu ko‘rsatkich 2018-yilning shu davridagiga nisbatan 8,5 foiz yuqori yoki 13 570 nafar ko‘p chaqaloq tug‘ilgan.
2019-yilning dastlabki uch oyida o‘tgan yilning ilk uch oyidagiga nisbatan o‘g‘il bolalarning tug‘ilishi 6 676 nafar (+8,1 foiz), qiz bolalarning tug‘ilishi 6 891 nafar (+9,1 foiz)ga ko‘paygan.
Eng ko‘p chaqaloq Samarqanda viloyatida tug‘ildi — 21 628 nafar (12,6 foiz).
Yolg‘iz ona sifatida tug‘ilishlarni qayd qilish o‘tgan yilga nisbatan respublika miqiyosida 292 nafar (6,8 foiz)ga kamaygan.
Nikohdan o‘tish
O‘tgan yil birinchi choragiga nisbatan nikohdan o‘tishlar 3,1 foizga yoki 1 625 taga ko‘paydi. Jami qayd etilgan nikohlar — 53 651 ta.
Eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida ro‘yxatga olingan: 6 031 ta (11,2 foiz).
Nikohdan ajrashish
2019-yilning birinchi choragida O‘zbekiston bo‘yicha 7 979 ta nikohdan ajrashish qayd qilingan, 2018-yilning shu davriga solishtirganda ijobiy o‘zgarish uncha ham farqli emas: 1,5 foizga kamaygan yoki 120 ta oila saqlab qolingan.
O‘limni qayd etish
2019-yilning birinchi choragida 41 071 ta o‘lim holati qayd qilinib, bu ko‘rsatkich 2018-yil shu davriga nisbatan 1 454 taga yoki 3,4 foizga kamaygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter