Kichik Bush AQSh hukumatini Putin bilan «ehtiyot bo‘lib muomala qilish»ga chaqirdi
![Kichik Bush AQSh hukumatini Putin bilan «ehtiyot bo‘lib muomala qilish»ga chaqirdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_412339472.jpg)
AQShning sobiq prezidenti kichik Jorj Bush rasmiy Vashingtonni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan munosabatda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. U bu haqda «Fox Business»ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Bushning so‘zlariga ko‘ra, Putin «aqlli taktik» hisoblanadi.
«Muammo shundaki, u ko‘p masalalarga «Men yutishim va AQSh yutqazishi kerak» qabilida yondashadi. Putinning Sovet Ittifoqi endi mavjud bo‘lmasa ham, uning ta’sir doirasini tiklashga harakat qiladigan agressiv insonligidan hayratlanmayman», — degan Jorj Bush.
U, shuningdek, Putin bilan muzokarada irodali bo‘lish kerakligini aytgan.
«Jangovar emas, aynan irodali bo‘lish lozim», — deya urg‘u bergan sobiq prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter