Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirmoqda
Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda «Fuqarolarga bir martalik moddiy yordam» degan sarlavha ostida xabarlar tarqatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ko‘rinishidan foydalanib tarqatilayotgan «Mamlakatda ishsizlik, shuningdek, ko‘plab ijtimoiy muammolar kuchayganligi sababli har bir oila uchun 400.000 so‘m miqdorda ijtimoiy to‘lov» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on, deb ogohlantirmoqda IIV Kiberxavfsizlik markazi.
Qayd etilishicha, firibgarlar foydalanuvchilar orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar.
«Ehtiyot bo‘ling, internet firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter