Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kibersport alohida sport turi etib belgilandi — Prezident qarori

Kibersport alohida sport turi etib belgilandi — Prezident qarori

O‘zbekiston prezidentining «Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda kibersport rasman alohida sport turi sifatida e’tirof etiladigan bo‘ldi.

Quyidagilar kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • kibersport turlari bo‘yicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;
  • kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish;
  • kibersport turlari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish;
  • kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish;
  • kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekistonda kibersport turlarini rivojlantirish va keng ommalashtirishga mas’ul vakolatli davlat organlari etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring