Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keniyada qishloqqa sher hujum qildi va qizchani g‘ajib tashladi

Keniyada qishloqqa sher hujum qildi va qizchani g‘ajib tashladi

Foto: «Reuters»

Keniyaning Tayta Taveta okrugida joylashgan Dxovuni qishlog‘iga yo‘lbars hujum qildi. Fojea 4 aprel tunida ro‘y bergan.

Yo‘lbars avval Mixael Nsalu va uning oilasiga hujum qilgan. Ammo Nsalular oilasi qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng yo‘lbars 11 yoshli o‘quvchi qiz Asha Muhammadga tashlangan va uning hayotiga zomin bo‘lgan.

— Yo‘lbars menga hujum qildi. Men uyga qarab qochdim, u esa ortimdan keldi va rafiqam hamda farzandimga ham tashlandi. Biz bir amallab uni uydan haydab chiqara oldik, — deydi Nsalu. Uning gapiga qaraganda, shundan so‘ng yo‘lbars Asha Muhammadni ko‘rib qolgan.

Keniya yovvoyi tabiat himoyasi xavfsizlik xizmati xodimlari darhol qishloqqa yetib kelgan va yo‘lbarsni o‘ldirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring