Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Keniyada ayrim bemorlar vaksina o‘rniga suv bilan emlab yuborilgan

OAV: Keniyada ayrim bemorlar vaksina o‘rniga suv bilan emlab yuborilgan

Keniyadagi shifokorlar mahalliy aholiga koronavirusga qarshi vaksina o‘rniga suv bilan emlab, buning uchun pul talab qilishdi. Bu haqda Vice nashriga asoslanib Lenta.ru xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Afrika mamlakati aholisi shved-britaniyalik qo‘shma kompaniyasining AstraZeneca bilan bepul emlanish huquqiga ega. Emlashlar hukumat tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan maxsus tibbiyot markazlarida o‘tkaziladi. Ammo, dori tanqisligi fonida ba’zi shifokorlar keniyaliklarga pulga emlashni taklif qila boshlaganlar, keyin esa uning o‘rniga suv yuborishgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolarni emlash uchun pul to‘lamaslikka va bepul dori vositasini kutishga chaqirgan. Rasmiylar allaqachon bunday firibgarlik holatlarini tekshirishni boshlagan va shifokorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘agan.

Yanvar oyida Ekvador politsiyasi o‘n minglab dozada soxta koronavirus vaksinasini qo‘lga olganligi haqida xabar bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring