Kemerovoda o‘zbekistonlik mehnat muhojirining jasadi topildi

Kemerovo shahri (Rossiya)da qurilayotgan madaniy klasterda 46 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi.
Mehnat muhojirining o‘limi sabablari o‘rganish bo‘yicha tergov boshlangan.
«Dastlabki surishtiruv ishlari boshlandi, hodisa sabablari o‘rganilmoqda», – deyiladi Kuzbass Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak taxminan 15 metr balandlikdan yiqilib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur obyektda qurilish ishlarini olib borayotgan «Stroytransgaz» kompaniyalar guruhi matbuot xizmati halokat faktini tasdiqlab, erkak betonchi bo‘lib ishlaganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter