Kelin qaynonasining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Samarqandning Urgut tumani Chag‘izmon mahallasida mudhish hodisa ro‘y berdi.
Ma’lum qilishicha, kelin qaynonasining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ushbu ayanchli hodisaga qaynona va kelin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov mazkur mahallada bo‘lib, tuman hokimligi, sektor rahbarlari jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan.
– Nega, kelin qaynonaga hurmatsizlik qilayapti, qaynona kelin bilan murosa qila olmayapti. Nima uchun bunday nizoli holatlar ko‘p? Tarbiyada oqsoqlik bor. To‘y-ma’rakalarda dabdababozlik bilan emas, yuksak ma’naviyatimiz bilan maqtanaylik, farzand tarbiyasi ularning odob ahloqiga loqaydlik bilan qaramaylik, – dedi boshqarma boshlig‘i.
Avvalroq Samarqandda ayol uch bolasi bilan o‘zini kanalga tashlagani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter