«Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi» — Prezident

Ayni paytlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanidagi Xalqaro turizm markazining ochilishiga bag‘ishlangan bayram tadbirida nutq so‘zlamoqda.
«Bundan 3-4 yil oldin Samarqandga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar soni 500 ming nafardan oshmas edi. Hozirgi kunda turizmni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarimiz, qulay investitsiyaviy muhit yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarimiz tufayli Samarqandga kelayotgan xorijiy turistlar soni 2 barobar ko‘paydi.
Bu marrani yanada yuqori olish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Xususan, kelgusi yillarda Samarqandga keladigan xorijiy turistlar sonini 1,5 milliondan oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Kelgusida bunday zamonaviy majmua Buxoro shahrida ham barpo etiladi. Bu kabi loyihalarni respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirish bo‘yicha ham rejalarimiz bor.
Umuman olganda, ana shunday ishlarimiz tufayli kelgusi besh yilda mamlakatimizga keladigan sayyohlar sonini hozirgi 2 milliondan 9 millionga yetkazamiz», — dedi Prezident.
Samarqanddagi Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar» majmuasi» (foto)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter