Kelgusi yili 25 ming nafar o‘qituvchiga ehtiyoj yuzaga kelishi kutilmoqda
Ayni paytda poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tayapti. Unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham qatnashmoqda.
Anjumanda vazirning ma’lum qilishicha, hozir o‘ninchi sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilarning o‘n birinchi sinfga o‘tishi va respublikamiz bo‘ylab o‘ninchi sinflarga yangi o‘quvchilar olininishi munosabati bilan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida 25 ming nafar o‘qituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi.
Bu muammo kelajakda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlaridan ishdan bo‘shagan o‘qituvchilar hisobiga hal qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek uzoq qishloqlardagi yaroqsiz ta’lim muassalari yangi o‘quv yiligacha to‘la ta’mirlanishi mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter