Keldiyorova Olimpiada chempionini 40 soniyada taslim etdi (video)
Gruziyaning Tbilisi shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirining ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. -52 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova musobaqa g‘olibiga aylandi.
Barcha bellashuvlarni muddatidan avval yakunlab kelayotgan samarqandlik dzyudochimiz finalda ham chempionlik uchun ko‘p vaqt sarflamadi. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni kosovolik Distriya Krasnichi atigi 40 soniya ichida taslim etildi.
Bu Keldiyorova uchun «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi to‘rtinchi oltin medal hisoblanadi. Ushbu g‘alaba orqali u jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yo‘lida 500 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter