Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keksayganda vaqt tezroq o‘tadi. Uni sekinlashtirish uchun nima qilish kerak?

Keksayganda vaqt tezroq o‘tadi. Uni sekinlashtirish  uchun nima qilish kerak?

Ehtimol, 40-45 yoshdan oshgan har bir odam yoshi o‘tishi bilan vaqt tezroq o‘tayotganini payqagan bo‘lishi mumkin. Agar ilgari oldinda juda ko‘p vaqt bor bo‘lib, muhim ishlarni keyinga qoldirishingiz mumkin edi, endi esa kun davomidagi soatlar sezilarli darajada kamayganligi hissi paydo bo‘ldi. Oddiy narsalar ham ko‘proq vaqt talab qiladigandek ko‘rinadi. Lekin bu qanday va nega sodir bo‘lyapti?

Ilmiy asoslash

Aniqlanishicha, voyaga yetganda vaqtning jadal o‘tishi sub’yektiv tuyg‘u emas. Yapon olimlari bu xususiyatni izohlab berishga harakat qildilar. Ularning tadqiqotlariga ko‘ra, yillar inson miyasidagi neyronlarning eskirishiga ta’sir qiladi va shu tufayli vaqt hissi buziladi. Aniqlanishicha, miyaning tashqi olamga super-marginal neyronlari bir muncha vaqt o‘tgach, boshqa neyronlarning faoliyat sur’atidan orqada qolib charchay boshlaydi. Bu xususiyat katta odamlarda aniq anmoyon bo‘ladi. Ularda vaqtning yuqori tezlikda shoshilishi hissi mavjud, lekin shu bilan birga ular hali oldinda ko‘p vaqt borligini hisobga olib, hech narsa qila olmaydi, hamma narsani doimo keyinroqqa qoldiradilar.

Darhaqiqat, buni o‘zingizda kuzatishingiz mumkin, agar ilgari birdaniga bir necha yumushlarni bajara olgan bo‘lsangiz, endi ularni amalga oshirishni ortga suryapsiz. Minimal diqqat-e’tibor talab qiladigan oddiy harakatlar ham bir necha soatga kechiktirilyapti. Qirq yoshdan keyin o‘rganish juda qiyin ekanligini payqaysiz. Mutaxassislar bu haqiqatni miyaning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘lashadi. Yoshlikning ko‘plab yangi taassurotlari mavjud, miya g‘ayrioddiy harakatlar va tajribalarni diqqat bilan qayta ishlaydi va eslab qoladi, keyingi safar xuddi shunday vaziyatlarda avtomat tarzda harakat qila boshlaydi. Yosh o‘tishi bilan yangi taassurotlar kamayadi, miya “eskirgan” neyron bog‘lanishlar asosida avtopilotda ishlashga o‘tadi.

Yangilik – bu unutilgan yaxshi eskilik

Agar miya yangi ma’lumotlarni qayta ishlash bilan band bo‘lsa, unda soat qotib qolgandek tuyuladi. Shu sababli bizga bolaligimizda vaqt juda sekin o‘tayotgandek tuyuladi, hozirgidek yugurmaydi. Insonning yoshi qancha katta bo‘lsa, uning hayotida vaqt shuncha tez o‘tadi.

Vaqt o‘tishini qanday sekinlashtirish mumkin?

Buning uchun siz miyangizi doimiy ishab turishga majbur qilishingiz kerak, shunda u vaqtni nazorat qila oladi. Sizga bunda yangi taassurotlar yordam berishi mumkin. Barchamizga ayonki, boshqa mamlakatlarga sayohat qilish uchun mablag‘ va vaqt topa olmasligimiz aniq, ammo ilgari hech qachon bo‘lmagan joylarda yurishingiz, teatr yoki muzeylarga bora olasiz. Bundan tashqari, yangi ma’lumotlarni o‘rganish, yangi do‘stlar bilan muloqot, yangicha mashg‘ulotlar va hordiq ham miya faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Optik xayollar muzeyi

Olimlar tavsiya qiladigan yana bir samarali usul, bu – hayotingizning har bir soatini yozib olish. Bu maslahatni o‘zingizda sinab ko‘ring. Har kuni ertaga qilishingiz kerak bo‘lgan ishlaringizning kichik rejasini tuzing. Va yangi kun kelganda, har doim o‘tgan soatlar ichida bajargan ishlaringizni yozib qo‘ying, bu vaqt oralig‘ini to‘g‘ri baholashga va ko‘p narsaga ulgurishingizga yordam beradi. Ushbu tajribani ikki hafta davomida o‘tkazing. Vazifalarni bir yarim, hatto ikki baravar ko‘proq bajarasiz va vaqtni yaxshiroq his qila boshlaysiz.

Bundan tashqari, yarim sharlar o‘rtasidagi uzviy munosabatlar miyaning yanada samarali ishlashiga yordam beradi. Masalan, chap qo‘lingiz bilan odatiy harakatlarni (agar siz o‘naqay bo‘lsangiz yoki aksincha) amalga oshirish. Noqulay qo‘lingiz bilan ovqatlanish anjomlarini ushlashga, yozishga, chizishga, kiyimlaringiz tugmalarini qadashga harakat qiling. Yoki maxsus mashqlarni bajaring: qo‘llaringiz, oyoqlaringiz yoki barmoqlaringiz bilan bir vaqtning o‘zida turli harakatlarni bajaring.

Masalan shu tarzda: bir vaqtning o‘zida bir qo‘lingizning bosh barmog‘ini, ikkinchi qo‘lingizning kichik barmog‘ini chiqaring. So‘ng: birining – nomsiz, boshqasining – ko‘rsatkich barmog‘ini va hokazo. Keyin teskari tartibda davom eting.

Bu usullar miya yarim sharlarini taxminan bir xil darajada rivojlanishiga yordam beradi.

Xo‘sh, yoshga doir vaqtga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgardimi?..

Usmonjon Yo‘ldoshev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring