Siz kutayotgan o‘sha yaxshi kun – bugungi kuningiz
Suqrot 70 yoshida musiqa asboblarini chalishni o‘rgangan va musiqachilikni mukammal darajada egallagan.
Rim senatori Mark Kanton 80 yoshida yunon tilini o‘rgangan.
Mikelandjelo 80 yoshida eng asosiy asarlarini yaratgan.
Gyote 80 yoshida o‘zining buyuk asari «Faust»ni yozib tamomlagan.
Nemis tarixchisi Leopold Ranke o‘zining «Jahon tarixi» asarini 91 yoshida yozib tugatgan.
Isaak Nyuton 85 yoshida ham qizg‘in va tinimsiz faoliyat olib borgan.
Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 82 yoshida chalg‘i bilan pichan o‘rishda yosh yigitlardan o‘zib ketgan.
Kompozitor Igor Stravinskiy 88 yoshida go‘zal musiqiy asarlar yaratgan.
Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo 83 yoshigacha tinimsiz ishlagan.
Qadimgi yunon dramaturgi Sofokl 90 yoshida ham asarlar yozgan.
Bernard Shou 94 yoshida ham mehnat faoliyatini davom ettirgan.
Darvoqe, yaqinda amerikalik va yevropalik bir guruh olimlar olmashumul kashfiyotlarni e’lon qilishdi: inson miyasi fanda avval ta’kidlanganidek 25-30 yoshgacha emas, 50 yoshgacha rivojlanib borar ekan. Bundan tashqari inson faol fikrlashni davom ettirsa miya hech qachon qarimas ekan.
Qissadan hissa shuki – «qarish» degan kasallik mavjud emas, faqat inson o‘z miyasini psixologik jihatdan noto‘g‘ri yo‘naltiradi xolos. Hayotimizdagi eng katta to‘siqlar bizning ichimizda. Ularni darhol olib tashlashimiz zarur. Bizning ruhimiz va ichki imkoniyatlarimiz yosh tanlamaydi. Toki tirik ekanmiz bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga, navbatdagi marrani egallashga, ma’nan yuksalishga imkoniyatimiz bor. Yaxshi vaqtlar keladi deb xomtama bo‘lib yurmang. Yaxshi damlarning nomi – «Hozir», «Bugun», deb ataladi!
Rus tilidan Jaloliddin Safoyev tarjimasi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter