Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keksalik. Ularning topganidan yo‘qotganlari ko‘p, ammo... (video)

Keksalik, qarilik deganda aksariyat hollarda nevaralar davrasida, to‘ylarning, ma’rakalarda nuroniy otaxonlaru onaxonlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Yoki bo‘lmasa atrofdagilarning yordamiga muhtoj odamlarni tushunamiz. Ammo ularning o‘z hayoti, o‘z hududi, o‘z qiziqishi va o‘z mashg‘ulotlari borligini, bo‘lishi mumkinligini, sharoit yaratib berishimiz kerakligini unutib qo‘yamiz. Va aynan shu mashg‘ulotlar va qiziqishlar ularning hayotiga mazmun bag‘ishlayotgani ham haqiqat.

Atrofimizda tajribalarini bo‘lishadigan, o‘rtoqlashadigan bobo-buvilarimiz juda ko‘p. Ular qarilikni kasallik yoki yolg‘izlik deb tushunmaydilar. Ularning topganidan yo‘qotganlari ko‘p. O‘sha yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirmasada chalg‘itadigan mashg‘ulotlar bilan umrlariga umr qo‘shmoqdalar. Ular keksalikni xotirjam qabul qiladilar, bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan yo‘l deb biladilar, ular shu yoshda ham o‘zini erkin va mustaqil ekanliklarini isbotlaydilar va boshqalarga o‘rnak bo‘ladilar.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi onaxon Azizova Sharifa 82 yoshda, shu paytgacha tinim bilmaydi, yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti to‘qish. Yillar yo‘qotishlaridan chalg‘ishni istaydi, bemorligini unutishni istaydi. Atrofidagilarga to‘qigan narsalarini sovg‘a qilsa, ularning quvonganini ko‘rsa o‘zi ham quvonadi, bemorligi esidan chiqadi.

Videolavhada Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi «Saxovat» uyida yashovchi otaxon Erkin Xolmatov, 69 yoshli Erkin otaning gaplariga ham quloq tutamiz.

Psixolog Madina Miytan o‘z tajribalari va kuzatuvlaridan kelib chiqib shunday tavsiya beradi:

«Keksalik o‘zi nima, biz uni qanday qarshi olamiz, biz tayyormizmi keksalikni qabul qilishga.

Kecha kechki payt kichkina qizim bilan birga kino ko‘rdik. Odatda, har shanba shunday qilishga harakat qilamiz, chunki ertalab hech kim hech qayoqqa shoshmaydi. Kino ko‘rayotib, qizim shunday deb qoldi:

 —Aya, nimaga bizdagi ko‘plab buvi va bobolarning o‘z qiziqishlari yo‘q-mi, chunki hammasi nafaqaga chiqqandan keyin deyarli o‘zlari hohlab qiladigan ishi yo‘q. Maktabimdagi ko‘plab o‘rtoqlarimning ham bobo-buvilari ko‘p kasal bo‘lishadi yoki biz ko‘pchiligimiz qariyalarni kasal deb o‘ylaymiz-mi?!

Agar, biz o‘sha kinoda ko‘rganimiz o‘smir bola Miltonning bobosiga o‘xshagan bobolar ko‘p bo‘lsa, men hecham qarilik kasallik yoki ularga faqat parvarish kerak deb emas, balki birga o‘ynash mumkin,birga kinoga borish mumkin ham deb o‘ylardim. Maktabim, do‘stlarim haqida,muammolarim haqida ham aytaolardim.

 Men, sizni va dadamni mening bolalarimga Miltonning bobosiga o‘xshagan qariya bo‘lishingizni istardim.

Ha, shunaqa bobojonu buvijonlar qarilikni yorliq qilib olib joyingizdan ko‘tarilishgayam erinib, qorin qo‘yib, aqlga endi dam deb, faqat o‘zingizni o‘rningizni to‘y-ma’rakada deb, yashamang. Nevaralar, nafaqat o‘zining bobo-buvilarini, deyarli barchanikini qiyoslash, solishtirishida jon bor.

O‘zingizning uzoq donishmandlik hayotingizdan olgan eng insoniy haqiqatlaringizni nevaralaringiz bilan bo‘lishing. Sizlarning hayotga kreativ yondoshuvingizga nevaralaringiz judayam muhtoj ekan.

«Men qari bo‘lganim uchun, hammani yordamiga men muhtojman» degan, eskicha sterotip qarashlaringizdan voz keching bu imkonsiz emas. Nevaralaringiz sizning sog‘lom fikrlaringizga va tajribalaringizga muhtoj.

Qo‘rqmang, shu paytgacha tirikchilik deb o‘zingizni unitgan bo‘lsangiz endiyam kech emas. Hayotingizni qolgan qismini o‘zingizga bag‘ishlang. Farzandlaringiz boshi bilan ishga sho‘ng‘igan bo‘lsa, nevaralaringiz sizdan ilhom olsin, aslo qarilikka rahm ko‘zi bilan qaramasin. Shunchaki, rahm-shavqat qilinishi kerak bo‘lgan chorasiz holingizdagina shu ishni astoydil qilishsin».

                Muallif: Barno Sultonova,

                Operator: Akmal Qudratov,

                Montaj ustasi: Sherzod Qayumov,

                Matnni E’zoza Turg‘unova o‘qidi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring