Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kegeyli tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Kegeyli tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yilda Nukus shahri, Mo‘ynoq, Beruniy va Qonliko‘l, 2020-yili Ellikqa’la, Amudaryo tumanlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Kegeyli tumanida ham raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi. Ushbu markazga tumanda joylashgan barcha maktablarda 5-11 sinflarda ta’lim olayotgan 9 000 dan ortiq o‘quvchilarni, shuningdek uyushmagan yoshlarni hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning AKT sohasidagi bilim saviyasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Kegeyli tumani raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga vazirlik tomonidan o‘quv kurslarini tashkil etish uchun o‘quv xonasiga 11 ta, kibersport xonasiga 5 ta, robototexnika xonasiga 3 ta kompyuter texnikalari o‘rnatilib, internet tarmog‘iga ulangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring