Kechikkan avtomobil uchun avtosalondan mijozga 10 million so‘m undirib berildi
![Kechikkan avtomobil uchun avtosalondan mijozga 10 million so‘m undirib berildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3341836164.jpg)
Buxoro tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Vobkent tumanida yashovchi fuqaro Navro‘zov Sa’dullodan murojaat kelib tushdi.
U o‘z murojaatida aytishicha, «Sitora-avto savdo» MChJ bilan «Nexia-3» AV-CS16 rusumli avtomoshina sotib olish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirib, shartnoma qilgan. Shartnomaga asosan, 2019 yil 1 yanvarga qadar avtomoshina fuqaroga yetkazib berilishi belgilab qo‘yilgan. Agar o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4% miqdorida penya to‘lanishi shartnomada belgilab qo‘yilgan.
Ammo iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatda avtomashina berilmagan.
Murojaat viloyat jamiyatlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, natijasida fuqaroga «Nexia-3» AV-CS16 avtomoshinasi olib berildi, shuningdek iste’molchining arizasiga binoan, kechiktirilgan muddat bo‘yicha penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga 10 910 418 (o‘n million to‘qqiz yuz o‘n ming to‘rt yuz o‘n sakkiz) so‘m penya puli to‘landi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/7/720__rk7x2fuzHeeBeyQ-eqlbJH8d6iZmucwR.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter