Kattaqo‘rg‘onda chillasi chiqmagan kelin-kuyov gazdan zaharlanib o‘ldi
Bugun Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Oltinsoy qishlog‘ida 28 kunlik kelin-kuyov tuproqqa qo‘yildi. Bu haqda Abdurahmon Tashanov Facebookda yozdi.
«Ma’lum bo‘lishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov o‘chgach, sizgan gaz tufayli uyqudagi kelin-kuyovni zaharlangan. Ular ertalab xonadonida o‘lik holda topilishdi.
Tuman gaz idorasi aza boshlanmasidan xonadon egalarini texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda ayblab, dalolatnoma to‘ldirib ketishdi. O‘lganlar da’vo qilolmaydi: hech kim gazni nega bemahal uzding, nega ogohlantirishsiz yoqding, deyolmaydi.
Shohro‘z A’zamov yangi yil arafasida uylangandi. Ko‘pchilik qatori bir olam orzulari bor edi, essiz… Oila fojiasi — millat fojiasi, deydilar.
O‘sha kuni qishloqqa hokim kelgan ekan. Gazchilar bu vallomatga yaxshi ko‘rinish uchun gazni balandlatib, masxarabozlik qilishgan. Kechasi chegirib qolamiz, deganmi, bilmayman.
Odamlar o‘lishi uchun urush bo‘lishi shart emas. Mutasaddilarning uquvsiz va ahmoq bo‘lishi yetarli. Ularni bu yoshlarning uvoli ursin!», deyiladi post yakunida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter