Kattaqo‘rg‘on tuman XTB boshlig‘i ishdan olingani haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘qligi aytildi
Diana Yenikeyevaning fojeali o‘limi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Alisher Jumanazarov ishdan olindi, deb xabar berdi «Sputnik» nashri.
Biz ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish uchun Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati bilan bog‘landik. Axborot xizmati rahbari bu haqda hozircha rasmiy ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi. Viloyat hokimligi ham bu haqda ma’lumot yo‘qligini bildirdi.
Avvalroq Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev ijtimoiy soha xodimlari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish ishlariga jalb etilmasligini bildirgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter