Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Katta muammolardan 6 tasi hal qilindi»

«Katta muammolardan 6 tasi hal qilindi»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida tanqidiy ruhda videoselektor yig‘ilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, bundan buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari haftasiga bir marta turoperator, mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilib boradigan tizim joriy qilinadi.

So‘nggi yillarda turizm sohasi oldidagi 11 ta katta muammolardan 6 tasi hal qilindi. Xususan:

1) Sayyohlarga viza berish keskin liberallashtirildi.

2) Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yo‘laklar qilindi, vokzallarda ham qulay sharoitlar yaratildi.

3) Mehmonlar elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bo‘ldi, ular erkin harakatlanishi uchun hamma sharoitlar yaratildi.

4) Valyuta ayirboshlashga cheklovlar bekor qilindi.

5) Mehmon o‘rinlari soni 3 barobarga ko‘payib, 125 mingtaga yetdi (2017 yilda 37 mingta edi).

6) turistik korxonalar uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer solig‘i va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring