Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta jarimadan qochib yurgan qora Malibu ushlandi

Katta jarimadan qochib yurgan qora Malibu ushlandi

Farg‘onalik fuqaro D.A. joriy yil boshidan beri 9 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan, aksar qoidabuzarligi tezlikni oshirish bilan bog‘liq. Mazkur qoidabuzarliklar bo‘yicha unga nisbatan YHXB qarorlariga asosan umumiy 19 mln. 970 ming so‘m ma’muriy jarima jazolari tayinlangan.

Biroq huquqbuzar o‘tgan davrda birorta jarima summani to‘lash chorasini ko‘rmagan va “Malibu” avtomashinasini bemalol boshqarib yuravergan. Majburiy ijro byurosi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bir necha bor ogohlantirishlar ham natijasiz yakunlangan.

Natijada 7 sentyabr kuni yo‘l patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida qoidabuzar “Malibu” qayerda ekani aniqlanib, xatlangan va vaqtincha jarima maydonchasiga olib kirilgan.

“Malibu” jarima maydonchasiga olib kirilgandan so‘ng qarzdor D.A. 9 ta ijro hujjati bo‘yicha jami 19 mln. 970 ming so‘m jarimalarni to‘lash uchun bank rekvizitlarini taqdim etish bo‘yicha murojaat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring