Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Katta yettilik» Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

«Katta yettilik» Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

«Katta yettilik» davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh) Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldilar va agar Moskva o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortsa, Rossiyani qo‘shimcha sanksiyalar haqida ogohlantirdi.

22-may kuni e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, agar Rossiya o‘t ochishni to‘xtatmasa, «Katta yettilik» davlatlari «barcha mumkin bo‘lgan variantlarni o‘rganishda davom etadi, jumladan, sanksiyalarni yanada kuchaytiradi».

«Katta yettilik» vakillari Rossiyaga qarshi qaratilgan chora sifatida mamlakat neft eksportiga narxlar chegarasini kuchaytirishni muhokama qildilar», – deb yozadi The New York Times.

Shuningdek, bayonotda «Katta yettilik» davlatlarining Ukrainaning hududiy yaxlitligi va yashash huquqini, shuningdek, adolatli va mustahkam tinchlik yo‘lidagi erkinligini, suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda sodiq ekanligi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring