Katanets Suriya bilan o‘yinda «qiyin bo‘lishi»ni aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogi o‘yinlari oldidan matbuot anjumanida ayrim savollarga javob berdi.
Katanets Suriya termasi haqida gapirarkan, ular bilan «o‘ynash qiyinligi»ni ta’kidladi.
— Ertangi uchrashuvda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga va yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.
Eldor Shomurodov biz uchun qanchalik muhim futbolchi ekanligini yaxshi bilasiz. Har qanday terma jamoa Masharipov va Shomurodov singari futbolchilarga ega bo‘lishni xohlaydi. Jamoamizda yetakchi futbolchilar ko‘p, biroq uning tajribasi bizga juda kerak edi. Murabbiy sifatida ayta olamanki, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz.
Guruhdagi har bir uchrashuv biz uchun juda muhim, ayniqsa dastlabki bahs. Biz yetakchi va yosh futbolchilarimizdan kuchli jamoa tuzishimiz shart. Barcha uchrashuvga jiddiy yondashuv bilan tayyorgarlik ko‘ramiz.
Suriyaga qarshi avval ham ikkita uchrashuv o‘tkazganman, Suriya kuchli jamoa, ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. Jamoaning kuchsiz tomonlari ham bor, ular haqida yetarli ma’lumotga egamiz. Aksariyat futbolchilari xorijlik, biz shunga e’tibor qaratishimiz kerak. Ertangi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonamiz—, deya ta’kidladi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada yetakchi futbolchimiz Eldor Shomurodov jarohat sabab ishtirok eta olmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter