Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasalmaslardan koronavirusdan davolandi, deb imzo olinayotgani inkor qilindi

Kasalmaslardan koronavirusdan davolandi, deb imzo olinayotgani inkor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan karantinga olingan fuqarolarga hech qanday muolaja qilmasdan, ketayotganlarida ularni koronavirusdan davolandi, degan hujjatlarga qo‘l qo‘ydirib olishgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

— Karantinga joylashtirilgan fuqarolarga ularning shikoyatlari va ahvoliga qarab kerakli muolajalar o‘tkazilgan va hozirda ham bu ishlar olib borilmoqda.

Karantinga joylashtirilganlar hali bemorlar emas, faqat virus yuqtirishda gumon qilinganlardir. Shuning uchun karantindagilarga davolash muolajalari o‘tkazilmaydi.

Faqat qo‘shimcha hamda yondosh kasalliklari bor shaxslar bundan mustasno, negaki bu kabi shaxslarga karantin zonasida ham tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun ham javobgarlik mavjudligi eslatib o‘tmoqchimiz, —dedi Nurmat Otabekov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring