Kasallik aniqlanishi Toshkent shahri va viloyatida hamon yuqoriligicha qolmoqda

Kecha yurtimizda 450 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 500 nafardan ortiq bemor kasallikdan to‘liq sog‘aydi. Bu haqda SSV xabar berdi.
2021 yil 8 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 177834 (+451) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 14 nafari Andijon viloyatida,
- 9 nafari Buxoro viloyatida,
- 9 nafari Jizzax viloyatida,
- 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 9 nafari Namangan viloyatida,
- 37 nafari Samarqand viloyatida,
- 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 9 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 11 nafari Xorazm viloyatida,
- 92 nafari Toshkent viloyatida,
- 194 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 173166 (+510) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1266 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter