Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasablankadagi ilk o‘yin durang bilan tugadi

Kasablankadagi ilk o‘yin durang bilan tugadi

Foto: O‘FA

FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Marokashning Kasablanka shahrida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Senegal terma jamoasi bilan durang o‘ynadi.

Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi ancha yosh ko‘rindi. Albatta, jamoaga yangi qon kerak, yangi qon esa sinov va o‘yinlarda tanlab, saralab olinadi.

O‘yin deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Jismoniy jihatdan va tajriba tomonidan tashabbus senegalliklar tarafga og‘ib turdi. Otabek Shukurovning penaltidan urgan goliga Konate ajoyib gol bilan javob qaytarib, hisobni tenglashtirdi.

O‘rtoqlik o‘yini

Senegal - O‘zbekiston - 1:1

Gollar: Mussa Konate (64) - Otabek Shukurov (pen. 21)

Senegal: 16.Pape Seydu Ndiaye, 21.Lamin Gassama, 4.Fallu Diagne, 13.Alfred Ndiaye, 2.Papi Jilaboji, 11.Sheyk Ndoye, 24.Assane Diouseye, 25.Santu Ngom, 14.Mussa Konate, 19.Bay Umar Niasse, 27.Pape Suare

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Akmal Shorahmedov, Odil Ahmedov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Sardor Mirzayev, Eldor Shomurodov, Temurxo‘ja Abduxoliqov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring