Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi
«Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, kartoshkachilikka ixtisoslashtiriladigan tumanlarda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi.
Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirish hamda sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Qaror bilan iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urug‘lik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi.
2023-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter