Charlz III rasman Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb e’lon qilindi
Londondagi Avliyo Jeyms saroyida qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyin 73 yoshli qirollik oilasi vakili Charlz III rasman Buyuk Britaniyaning yangi monarxi deb e’lon qilindi.
Yangi qirolning e’lon qilinishida Britaniyaning sobiq bosh vazirlari, jumladan Gordon Braun, Devid Kemeron, Boris Jonson va Tereza Mey ishtirok etgan.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8-sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi.
Buyuk Britaniyaning yangi qiroli marhuma qirolichaning 73 yoshli o‘g‘li Charlz bo‘lib, u allaqachon 40 yoshli shahzoda Uilyamni Uels shahzodasi, ya’ni taxt vorisi deb e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Charlz III bir vaqtning o‘zida 14 davlat qiroliga aylandi. Ular orasida Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Grenada, Papua Yangi Gvineya, Yamayka va boshqalar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter