Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantindagi shaxs qochib ketish uchun harbiyga pora taklif qildi (foto)

Karantindagi shaxs qochib ketish uchun harbiyga pora taklif qildi (foto)

12 aprel kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni buyrug‘iga asosan, karantindan qochishga uringan fuqaroni ushlab qolgan harbiy xizmatchiga III darajadagi serjant unvoni hamda qimmatbaho sovg‘a topshirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Samarqand viloyati Salomatlikni tiklash shifoxonasida 7 aprel kuni 129 nafar fuqaro karantinga olinib, patrullik qo‘riqloviga okrug bo‘linmasi jalb qilingan edi.

11 aprel kuni soat 20.30 da Samarqand shahri Cho‘ponota mahallasida yashovchi, chet eldan kelgan va karantinga olingan 1978 yil tug‘ilgan fuqaro J.K. shifoxonani orqa tomonidan qochishga uringan. Belgilangan yo‘nalishda xizmat olib borayotgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi Shamsiddin Jo‘rayev tomonidan taqiqlangan hududni kesib o‘tgan tartibbuzar to‘xtatilgan.

Harbiy xizmatchiga fuqaro uyiga borib-kelishi, qaytib kelgandan so‘ng, uni rozi qilishini aytib, pora taklif qilgan. Natija bo‘lmagach, harakatni davom ettirib, devordan oshmoqchi bo‘lgan. Soqchi tartibbuzarni yana bir qat’iy ogohlantirib, qo‘lga olish chorasini qo‘llagan. Aloqa vositasi orqali berilgan xabarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida tezkor bo‘linma yetib kelgan.

Bundan tashqari, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi karantinga olingan «Marjonsuv» sanatoriysiga 12 aprel kuni soat 12.00da 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro M.N kirishga uringan.

Ushbu fuqarolarga yana bir bor karantin qoidalari tushuntirilib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Karantindagi fuqarolarni xavfsizligini ta’minlashda yuksak masuliyatni to‘la his qilgan harbiylar xizmat joyini o‘zida taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring