Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantinda ishlovchi pensionerlarga pensiya berish tartibi

Karantinda ishlovchi pensionerlarga pensiya berish tartibi

2020 yil 1 maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu pensiya to‘lovlarining yangi mexanizmi qanday? Endi pensionerlar qachon pulni olishlari mumkin? Aprel oyi uchun to‘lab berilgan pensiyalar korxonalarga kompensatsiya qilinadimi?

Ushbu savollarga Pesiya jamg‘armasi va «Xalq banki»ning matbuot xizmati mutaxassislarining javobi shunday:

Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat va pensiyalarni o‘z vaqtida olish zaruratini inobatga olgan holda, ishlovchi pensionerlarni himoya qilish maqsadida Prezidentning 2020 yil 27 apreldagi PF-5986-son Farmoni qabul qilingan. Ushbu hujjat ijrosi yuzasidan barcha ishlovchi pensionerlarga “Xalq banki”ning maxsus overdraft plastik kartalari ochiladi. Va karantin tadbirlari davrida pensiyalar ularga budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lab beriladi.

Shu bilan birga – karantin vaqtida ishlovchi pensionerlarga plastik kartalar uyga yetkazib beriladi.

Tashkilotlar pensiya summalarini qoplash uchun talabnomalarni rasmiylashtirishlari zarur emas. O‘tgan davr, ya’ni – aprel oyi, shuningdek may oyi uchun to‘lovlar «Xalq banki» tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan olingan ma’lumotlar asosida plastik kartalarga kelib tushadi.

Bunda tashkilot o‘z mablag‘lari hisobidan aprel oyi uchun pensiya to‘lagan ishlovchi pensionerlar ham shu davr uchun to‘lovlarni oladilar.

Izoh: Mazkur vaziyatda o‘zining ishlovchi pensionerlariga aprel oyi uchun pensiyalarni to‘lab bergan tashkilot ushbu mablag‘lar qoplab berilishi uchun aprel oyi uchun to‘langan pensiya summalarini kelib tushgan ortiqcha to‘lovlarni inobatga olgan holda bevosita o‘z xodimlaridan talab qilishlari kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring