Karantin xizmati boshlig‘i Ergashev oxirgi marta qat’iy ogohlantirildi
Bugungi prezident yig‘ilishida tomorqachilikni rivojlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Mutasaddilarga ko‘chma muzlatkichlar tashkil etish uchun yer maydonlarini ijaraga berish muddatlarini uzaytirish, 2 mingta mahallada kichik muzlatkichlar tashkil etish loyihalarini boshlash topshirildi.
Bunda, tayyor loyihalar yangi lizing mexanizmi asosida tadbirkorlarga beriladi.
Shu bilan birga, o‘simliklar himoyasi bo‘yicha:
- xususiy sektor bilan hamkorlikda aholi tomorqa yerlarida o‘simliklarni himoya qilish xizmatlarini ko‘rsatish uchun otryadlar tashkil etiladi;
- tomorqalarda foydalanadigan kimyoviy preparatlar ro‘yxati tasdiqlanib, ular aholi orasida keng targ‘ib qilinadi.
Karantin xizmatidan dehqonlar noroziligi, ular ko‘makchi emas, nazoratchi bo‘lib qolgani tanqid qilindi. Xizmat boshlig‘i I.Ergashev oxirgi marta qat’iy ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter