Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin sharoitida pensiyalar qanday tarqatiladi?

Karantin sharoitida pensiyalar qanday tarqatiladi?

Foto: Xabar.uz

AT Xalq banki pensiya va nafaqa to‘lovlarini amalga oshirishda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18-martidan boshlab pensiya va nafaqa pullari mahalla fuqarolar yig‘ini binolarida aholini to‘plab tarqatilmasdan, aholi uylariga yetkazib berila boshlangan.

2020-yil 26-mart holatiga 2 trln. 103,1 mlrd. so‘mlik yoki 98 foiz pensiya mablag‘lari naqd pul shaklda tarqatib berildi va 405 mingga yaqin pensionerlarga 252,8 mlrd. so‘m bank kartalari orqali to‘landi.

Keyingi aprel oyida ham pensiya va nafaqa pullari barcha fuqarolarning yashash uylariga naqd shaklda yetkazib beriladi.

Koronavirus tarqalishining oldini olish uchun Xalq banki quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:

  • Xalq banki bosh ofisida shtab tashkil qilindi.
  • Pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun Markaziy bankdan sterillangan naqd pullar olinadi;
  • Har bir pensiya va nafaqa oluvchiga beriladigan naqd pullar sterilangan paketlarda tarqatiladi;
  • Pensiya va nafaqa pullarini fuqarolar uylariga yetkazib berish uchun sayyor kassalarga qo‘shimcha bank xodimlari jalb qilinadi;
  • Sayyor kassalar uchun qo‘shimcha maxsus avtomashinalar ajratildi;
  • Barcha sayyor kassalar xodimlari va avtomashina haydovchilari tibbiy himoya maskasi va qo‘lqop, spirtli antiseptik vositalar bilan ta’minlandi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring