Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin payti o‘qituvchi va shifokorlarga mobil internet bo‘yicha qulaylik bormi?

Karantin payti o‘qituvchi va shifokorlarga mobil internet bo‘yicha qulaylik bormi?

Foto: «DonPress»

Bugun, 15-aprel kuni AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov karantin davrida o‘qituvchilar va shifokorlar uchun mobil internetdan foydalanish bo‘yicha yaratilgan qulay tariflarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Vazirlik vakilining ma’lum qilishicha:

Ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga yuqori darajada qulayliklar yaratish maqsadida, «O‘zbektelekom» AK joriy yil 10-apreldan boshlab maxsus «Ta’lim» tarif rejasini joriy qildi. «Ta’lim» tarif rejasida bir oylik abonent to‘lovi 29900 so‘m bo‘lib, 1000 daqiqa limit, 4 ming megabayt limit va 200 SMS taqdim etiladi.

«Beeline» kompaniyasi shu kunlarda maxsus «Shifokor» tarif rejasi doirasida yangi bonuslarni taqdim etyapti: tibbiyot xodimlari 2020-yilning 10-mayigacha 5 ming daqiqa va 5 ming megabaytdan bepul foydalanishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring