«Kaptiva»da 9 yoshli o‘g‘li bilan uyidan chiqib ketgan ayol bedarak yo‘qoldi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida shu yil 17-oktyabr kuni Orombaxsh ko‘chasida yashovchi Xurshid Abdullayev IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 16-oktyabr kuni birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 31 yoshli Dilnoza Abdullayeva boshqaruvidagi davlat raqami 01 D 220 ZA bo‘lgan «Kaptiva» rusumli avtomashinasida o‘g‘li 9 yoshli Xumoyun Abdullayev bilan birga uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganliklarini ma’lum qilgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hozirda ularni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan kimda-kim ushbu shaxslar va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishi yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishi so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter