Kanadada uch metr qalinlikda qor yog‘di (video)

Kanadada qor yog‘ishi 20 yillik rekordni yangiladi — ayrim joylarda yoqqan qorning qalinligi uch metrga yetdi. Kecha, 18-yanvar kuni qor yog‘ishi rekord ko‘rsatkichlarga yetishi natijasida ayrim shaharlar «oq qamal»da qolgan. Bu haqda «CBC News» telekanali xabar berdi.
@NatashaFatah our cars disappeared. #nlwx #snowmaggedon2020 #stormageddon2020 #nlstorm pic.twitter.com/XoWCjgSsCi
— Ashley Fitzpatrick (@ashleykf) 18 yanvarya 2020 g.
Kuchli qor bo‘roni oqibatida Nyufaundlend orolida yashovchi o‘n minglab kishilarning uylari qor ostida qolgan. Rekord darajada qor yog‘ishi Gambo, Trepassi, Sent-Jons, Paradayz kabi shaharlarda ham kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter