Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada to‘rt musulmonning umriga zomin bo‘lgan haydovchi haqida ma’lumot berildi

Kanadada to‘rt musulmonning umriga zomin bo‘lgan haydovchi haqida ma’lumot berildi

Kanadaning London shahrida bir musulmon oilasini mashinada urib yuborib, to‘rt kishining umriga zomin bo‘lgan haydovchi haqida ma’lumot berdi. Xabar qilinishicha, haydovchi biror ekstrimistik guruhga tegishli bo‘lmagan, bungacha biror kishining joniga qasd qilmagan, ammo hujumni oldindan rejalashtirilgan.

Avvalroq, Ontario shahridagi politsiya avtomobil haydovchisi ataylab musulmon oilasini urib yuborganini - to‘rt kishi halok bo‘lganini va faqat to‘qqiz yoshli bola tirik qolgani haqida xabar qilgan edi. Politsiya jinoyat sodir bo‘lgan joyga yetib kelganidan ko‘p o‘tmay, gumonlanuvchi, 20 yoshli Nataniel Veltmanni hibsga olgan.

Haydovchi hozirda xibsga olingan, to‘rt kishiga nisbatan qasddan qotillik qilishda ayblanmoqda. Ushbu voqea to‘rt yil oldin Kvebek masjididagi keyin musulmonlarga qilingan eng qonli hujumlardan biriga aylandi. Otishma uyushtirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.

«Jabrlanganlar musulmon bo‘lganliklari sababli jinoyat nishoniga aylangan deb taxmin qilinmoqda. Ayblanuvchi va jabrlanuvchilar o‘rtasida oldindan aloqalar mavjud bo‘lmagan. Haydovchi hech qanday xavfli guruhga mansub bo‘lmagan», — deydi mahalliy politsiya katta tergovchisi Pol Ueyt.

Ueytning aytishicha, politsiya hanuzgacha tergov harakatlarini olib bormoqda, hozirda batafsil tafsilotlarni oshkor qila olmaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring