Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada O‘zbekiston taqdimoti o‘tkazildi

Kanadada O‘zbekiston taqdimoti o‘tkazildi

Foto:Akmal Bazarov

Kanadada Turk xalqlari festivalida bir guruh o‘zbekistonliklar tomonidan O‘zbekiston haqida taqdimot o‘tkazildi. Tinch okeani sohilida o‘tkazilgan mazkur ikkinchi festivalda, Kanadada istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz o‘zlarining O‘zbekiston urf-odatlari, madaniyati, san’ati va tarixi haqida ma’lumot beruvchi eksponatlar bilan ishtirok etishdi.

Foto:Akmal Bazarov

— «Mazkur festivalda qatnashishimizdan asosiy maqsad, bu kanadaliklarga va Vankuver mehmonlariga vatanimiz O‘zbekiston haqida ko‘proq ma’lumot berish va bu orqali O‘zbekistonga ko‘proq turistlarni va sarmoyalarni jalb etishdir. Mening kuzatuvim shuni ko‘rsatdiki taxminan 10-15% tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston va Markaziy Osiyo haqida bilimga ega bo‘lsalar, 30-40% ba’zi ma’lumotlarga ega, afsuski 45-50% O‘zbekistonning hatto qayerdaligidan xabari yo‘q. Aytish kerakki, 27 yil mustaqillikdan keyin va O‘zbekistonni aksar BMT davlatlari tan olganligiga qaramay, O‘zbekiston va uning turistik salohiyati haqida dunyoda juda oz kishi xabardor. Bizning O‘zbekiston turizmiga oid reklama va marketing materiallarini yuborish haqidagi elektron pochta va keyinchalik telefon orqali bir necha marotaba qilgan murojaatimizga O‘zbekiston Turizm qo‘mitasidan faqatgina qisman bir ikki xil broshyuralarni yuborishi orqali qanoatlantirilganligi bu borada qilinadigan ishlar hali ko‘pligidan dalolatdir. Endilikda Vankuver o‘zbekistonliklari ikki yil ichida ortirilgan ijobiy tajribamizni keyingi yillarda ham davom ettirish rejamiz mavjud.» – dedi Vankuver shahrida istiqomat qiluvchi «Anori Management» kompaniyasining Ijrochi direktori Akmal Bazarov.

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston turizm qo‘mitasiga tegishli rasmiy veb-saytga O‘zbekiston haqida joylashtirilgan ma’lumotlar bazasini yanada rivojlantirish zarur. Bo‘lib o‘tgan festivalda ko‘plab kanadalik sayohat agentliklari O‘zbekistondaga sayyohat uyushtirishga va turizm sohasida hamkorlik qilishga istiak bildirishgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring