Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada mashina qasddan oilani bosib ketdi

Kanadada mashina qasddan oilani bosib ketdi

Foto: CC BY 2.0 / Tony Hisgett

Londonda (Ontario, Kanada) avtomobil haydovchisi qasddan musulmon oilani urib yubordi. RIA Novosti xabariga ko‘ra to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun besh kishilik oilani mashina urib yuborgan, bittasi joyida va uch nafari shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Faqat to‘qqiz yoshli bola tirik qolgan. U jiddiy, lekin hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olgan.

«Bu qasddan qilingan harakat, deb hisoblaymiz, jabrlanganlarga qarshi hujum ularning musulmon ekanliklari bilan bog‘liq», — dedi shahar politsiyasi rahbari.

Hokimning buyrug‘iga binoan shaharda uch kunlik motam e’lon qilinib, bayroqlar tushirildi.

Shahar hokimi Twitterda joylashtirilgan bayonotida musulmonlar hamjamiyati vakillari bilan uchrashib, ularga hamdardlik bildirishini va shaharda o‘zlarini xavfsiz his qilishlariga ishontirishini ta’kidladi.

Politsiya jinoyat sodir bo‘lgan joyga kelganidan ko‘p o‘tmay 20 yoshli gumonlanuvchi yigitni hibsga oldi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring