Kanadada jazirama qurbonlari 50 nafarga yetdi

Kanadaning Kvebek provinsiyasida kuchli issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 50ga yetdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Kvebek sog‘liqni saqlash vaziri Lyusi Charlbua qurbonlarning soni 50 nafar ekanini tasdiqlagan.
Xabar berilishicha, 6-iyul kuni Kanada atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi 28 kishi qurbon bo‘lgan Monreal shahridagi jazirama va to‘fon haqidagi ogohlantirishni bekor qilgan.
«Namlik darajasi tushganiga qaramay, xavf yuqoriligicha qolmoqda»,- deydi Kanada tez yordam ko‘rsatish xizmati vakili.
Avvalroq Monreal shahrida 6 kishi issiqdan halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter