Kanadada 50 ta mashina to‘qnashib ketdi. Hamma omon qoldi, odamlar xokkey o‘ynashmoqda (video)

Kecha, 27-yanvar kuni Kanadaning Monreal shahridan uncha uzoq bo‘lmagan katta yo‘lda 50 ga yaqin mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy «CTV News» telekanali xabar berdi.
Yengil jarohat olgan bir necha kishi kasalxonalarga olib ketilgan. Yo‘l bir necha soatga, politsiya va maxsus xizmatlar pachoqlangan mashinalarni olib ketguniga qadar to‘silib qoldi.
Ba’zi birovlar mashinalarini tashlab yaqin-atrofdagi yonilg‘i quyish shoxobchalariga piyoda yo‘l oldi. Ayrimlar esa «vaqtni o‘ldirish uchun» shundoqqina yo‘lning o‘zida xokkey o‘ynashga tushdi.
Meanwhile in Canada: a 40-car pile up in Quebec caused the road to be closed so why not play hockey to pass the time since we all travel with hockey sticks 🤣 pic.twitter.com/qlDzLcW5ej
— laney (@misslaneym) 28 yanvarya 2019 g.
Katta avariyaga izg‘irin va yo‘lning muzlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter