Kanadada 1.5 ming metr balandlikdan sakragan ayol tirik qoldi
Kanadada 30 yoshli ayol 1.5 ming metr balandlikdan sakragandan so‘ng tirik qoldi. U samolyotdan parashyutda sakragan edi, ammo asosiy va zaxira parashyut ochilmay qolgan.
Ayol 1.5 ming metr balandlikdan o‘rmon ustiga tushgan. Daraxtlarga urilgandan so‘ng tanasi bir necha joyidan singan, shu bilan birga umurtqasi ham bir joyidan darz ketgan. Shunga qaramay u tirik qoldi. Ayni vaqtda olgan jarohatlari uning hayotiga xavf solmayapti.
1972 yilda serb styuardessasi Vesna Vulovich 10160 metr baladlikdan yiqilgan va tirik qolgan edi. U ko‘plab jarohatlar olgan va bir necha kun komada yotgan. 10 oy davomida oyog‘i falaj bo‘lib qolgan, ammo 16 oylik davolanishdan so‘ng oyoqqa turib ketgan edi.
Vulovich shundan so‘ng yana 44 yil umr ko‘rdi va 2016 yilning dekabrida vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter