1,5 kilometr balandlikdan tashlangan jangovar mashinalarning parashyutlari ochilmay qoldi (foto+video)
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirligining Orenburg viloyatida o‘tkazilgan «Sentr-2019» harbiy o‘quv mashg‘ulotlari chog‘i favqulodda vaziyat yuz berdi: 1,5 kilometr balandlikdan tashlangan ikkita «BMD-2» jangovar mashinasining parashyuti ochilmay qoldi. «Life» taqdim etgan quyidagi suratlar va videodan nimalar bo‘lganini bilib olishingiz mumkin.
Texnikalar ekipajdan alohida, «IL-76» harbiy-transport samolyotlaridan tashlangan.
«Life» manbasiga ko‘ra, mashg‘ulotlar chog‘i parashyut tizimlari ochilmay qolgan. Qolaversa, besh nafar desantchi askar jarohatlangan va tibbiy yordam olish uchun yotqizilgan.
Manbaga ko‘ra, harbiylar xavfsizlik texnikasini qo‘pol buzishgan: gap shundaki, harbiy texnikani parashyutlarda tashlash uchun shamolning tezligi 8 m/s.dan oshmasligi kerak, hodisa yuz bergan kuni me’yor ikki karra yuqori bo‘lgan — 15 m/s. tezlikda shamol esib turgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter