«Kanada orzusi» ortidan pul ishlamoqchi bo‘lgan shaxsning «nomeri o‘tmadi»
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro N.M. fuqaro D.Q.ni tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter