Kanada chet el fuqarolariga uy sotib olishni taqiqladi
Kanada hukumati chet elliklarning mamlakatda turarjoy uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk sotib olishlarini taqiqladi. Bu haqda Kanada ipoteka va turarjoy korporatsiyasi (CMHC) xabar berdi.
Taqiqlov 2023-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
Yangi qonunga ko‘ra, xorij fuqarolari Kanadada ikki yilgacha uy-joy sotib olishlari mumkin emas. Bundan maqsad kanadaliklar uchun uy-joy sotib olishni yengillashtirish, talabni pasaytirib, narxlarni tushirishmoqchi.
Qonunni buzganlar 10 ming kanada dollari miqdorida jarimaga tortiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter