Kaltak kafilning boshida sindi
So‘nggi paytlarda kreditlarga kafil bo‘lgan fuqarolar tomonidan qarzdorlar o‘z vaqtida kreditlarni qaytarilmasligi natijasida ularni undirish kafilning hisob raqamiga qaratilayotganligi masalasida murojaatlar kelib tushmoqda.
MIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor «O.B.I.» MChJ va boshqalardan undiruvchi «Milliybank» Qo‘qon filiali foydasiga 2.074.684.000 so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan garovga qo‘yilgan qo‘shimcha kafil «S.D.M.K.» MChJga tegishli bo‘lgan Dang‘ara tumani Istiqlol ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni bino-inshoatlari ro‘yxatga olinib, xatlangan va auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur e’tiroz bo‘yicha kafil bo‘lgan fuqaro «S.D.M.K.» MChJ rahbari bilan suhbatlashilganda ular yaqin tanishlariga ishongan holda, qarz oluvchining moliyaviy holatini o‘rganib chiqmasdan hamda kafillik shartnomasi shartlari bilan to‘liq tanishmay turib, shunchaki «rasmiyatchilik uchun» imzo qo‘yib berayapman, degan fikr bilan kredit bo‘yicha kafil sifatida o‘zlariga moliyaviy majburiyat olganliklari ma’lum bo‘ldi.
Kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan teng javob beradi, jumladan kafil kredit tashkilotiga qarzdorning o‘z vaqtida to‘lanmagan kreditining asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarini to‘lashdan tashqari, ushbu kreditni undirib olish bilan bog‘liq sud xarajatlarini hamda qarzdor o‘z majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan boshqa zararlarni ham to‘laydi.
Shuning uchun, fuqarolarga kredit bo‘yicha kafil bo‘lishdan oldin o‘zining va qarzdorning moliyaviy holatini shoshilmasdan batafsil tahlil qilish hamda kafil bo‘lish bo‘yicha qarorning ijobiy va salbiy jihatlarini hisobga olib, yakuniy xulosaga kelish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter