Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kafega faqat pessimistlar va negativ odamlar kirishi mumkin

Kafega faqat pessimistlar va negativ odamlar kirishi mumkin

foto: SoraNews24.com

Tokiodagi kafe pessimistlar, ya’ni tushkunlikka tushgan va salbiy fikrlaydigan odamlarga xizmat ko‘rsatishi bilan mashhur.

Negative Cafe and Bar Mori Ouchi Tokioning Shimokitazava tumanida joylashgan bo‘lib, tushkunlikka tushgan odamlarlarga xizmat qiladi. Depressiyadan aziyat chekayotgan kafe egasi hamfikrlarni birlashtirish g‘oyasini o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin o‘ylab topgan, ammo uni faqat 2020-yilda, Kovid-19 pandemiyasi paytida ochishga qaror qilgan. Muassasa odamlarga o‘zlarining g‘azabini, siqilishlarini bo‘shatishga imkon beradi va hayotida qiyin davrlarni boshdan kechirayotgan yoki pessimistik fikrlardan azob chekayotganlar uchun mos deb hisoblanadi.

foto: SoraNews24

«Odamlar har doim ijobiy bo‘lish yaxshi, salbiy bo‘lish yomon, deyishadi, lekin men salbiy bo‘lishni yomon deb hisoblamayman. Menimcha, ko‘plab salbiy odamlar o‘z qobig‘iga o‘ralib o‘zini tuta bilishadi, to‘g‘ri ular qayg‘uli va hatto o‘zgalarni tushunadiganroq bo‘ladi, ular uchun dam olish uchun joy bo‘lsa yaxshi bo‘lardi, deb o‘yladim», — deydi muassasa yegasi SoraNews24 muxbiri janob Satoga.

Mori Ouchi o‘rmon uyi degan ma’noni anglatadi, shu bois kafeda o‘rmon mavzusidagi dekoratsiya va mijozlar yolg‘iz qolishlari mumkin bo‘lgan shaxsiy xonalar mavjud.

Mori Ouchi shuningdek o‘z talablarini bildiradi: ya’ni kirishga faqat hamrohsiz ayollarga ruxsat beradi, o‘z navbatida, erkaklarga agar ular guruhida  ayol bo‘lmasa, ruxsat berilmaydi.

Oziq-ovqatlarni tashqaridan ham olib kelishingiz mumkin. Biroq, har bir kishi uchun kamida bitta ichimlik buyurtma berishingiz kerak, biroq buyurtma qilingan har 300 iyena (2,85 dollar) ichimlik yoki oziq-ovqat uchun siz kirishda 100 iyeana chegirma olasiz, bu esa har 3 daqiqalik joy uchun 20 iyenani tashkil etadi, deya xabar beradi nashr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring