Kafeda sodir etilgan o‘g‘rilik fosh etildi
Yunusobod tumani IIO FMBga kafeda ishlovchi fuqarolardan biri murojaat qilib, kassadan 9.125.000 so‘m o‘g‘irlab ketgan shaxsni topishda yordam so‘radi.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169 moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tez orada jinoyat qidiruv xizmati xodimlari gumonlanuvchi – 18 yoshli Islombek I.ni qo‘lga olishdi. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter