Kabobning inson uchun xavfli jihatlari aniqlandi
Gipertenziya bilan og‘rigan va yuragi bilan bog‘liq muammolari bor odamlar ko‘p miqdorda kabob iste’mol qilganda hayot uchun xavfli vaziyatlarni rivojlanish xavfi yuqori, deydi diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg Gazeta.ru nashri bilan suhbatda.
Mutaxassis kabobdan butunlay voz kechishni maslahat bergan, lekin agar qovurilgan go‘shtni iste’mol qilish istagi o‘ta kuchli bo‘lsa, uni spirtli ichimliklar bilan iste’mol qilmaslik yaxshiroqdir.
Oshqozon-ichak kasalliklari mavjud bo‘lganda kabobdan avval kasha va bir bo‘lak non iste’mol qilgan ma’qulroq.
Kabobdan avval kasha yeyish va undan so‘ng yashil sabzavotlar iste’moli go‘shtning zararini bir qadar tushiradi. Kabob sho‘r va yog‘li bo‘lsa oshqozon, ichak kasalliklari, ateroskleroz va diabetni kuchaytiradi.
Mutaxassis hatto o‘ta sog‘lom kishi uchun ham haftada ikki-uch bo‘lakkina kabob iste’mol qilish yaxshi bo‘lishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter