Jurnalist Qoshiqchining sirli o‘limida aybdor deb topilganlar ustidan hukm o‘qildi
Bugun, ya’ni 7-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni sudi 2018-yil oktyabrda qirollikning Istanbuldagi konsulxonasida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining ishi bo‘yicha yakuniy hukm chiqardi: sakkizta ayblanuvchidan besh nafari 20 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi rasmiy vakili xabar bergan.
«Qoshiqchi ishi bo‘yicha ayblanayotgan beshta fuqaro 20 yil, yana bir nafari o‘n yil qamoq jazosiga hukm qilindi», — deyiladi prokuratura xabarida. Ta’kidlanishicha, yana ikki nafar fuqaroga yetti yildan qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq Qoshiqchining to‘ng‘ich o‘g‘li otasining qotillarini kechirganini e’lon qilgandi.
Saudiyalik taniqli jurnalist Qoshiqchi 2017-yildan beri AQShda istiqomat qilgan va «Washington Post» gazetasida faoliyat ko‘rsatgan. U 2018-yil oktyabrda Istanbul shahrida o‘ldirilgan. Dastlab saudiyalik rasmiylar uning dipmissiyada g‘oyib bo‘lganini rad etishdi, biroq video va audioyozuvlar paydo bo‘lganidan so‘ng Qoshiqchi «konsullik xodimlari bilan janjal natijasida» o‘ldirilganini tan olishga majbur bo‘lishdi. Turkiya politsiyasi uning tanasini haligacha topa olishmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter